O‘zbekiston | 18:50 / 24.07.2018
7158
2 daqiqa o‘qiladi

Gripp yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan va mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti tasdiqlandi

Foto: getty images

 “Gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida grippning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti tasdiqlandi.

Mazkur ro‘yxatga jumladan quyidagilar kiritildi:

homilador ayollar;
nafas olish organlari va yurak-qon tomir tizimlarining ma'lum surunkali kasalliklariga chalingan katta yoshlilar;
60 yoshdan oshgan shaxslar, 
6 oylikdan 59 oylikkacha bo‘lgan bolalar;
tibbiyot xodimlari;
“Mehribonlik” uylari, qariyalar nogironlar uchun “Saxovat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida yashayotgan shaxslar kiritildi.

Bunda davlat ijtimoiy muassasalarida yashayotgan shaxslarni emlash davlat byudjyeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid