Ertalab turişning xosiyati haqida köp va xöp gapirilgan. Olimlar ham bu borada öz fikrlarini bildirişdi va sahar turiş uçun 6 sababni ma'lum qilişdi.
1. Ertalab murakkab qarorlarni qabul qiliş oson böladi
Psixologlarning ta'kidlaşlariça, iroda kuçi ham muskul kuçlari kabi tugaydigan miqdorda böladi. U kun davomida ozayib boradi va kun oxiriga kelib ertalabki qat'iyatdan asar qolmaydi. Şuning uçun biror oğir, yoqimsiz va çarçatuvçi işni bajariş lozim bölsa, bunga ertalabda kirişing, çunki keçga borib bu işni bajarmaslik uçun minglab bahonalar topasiz.
2. Erta tursangiz vaqtingiz bemalol böladi
Agar kuningizni şahar hali uyğonmasdan boşlasangiz, özingizni uyqudagi qirollikka tuşib qolgandek his qilasiz. Heç qanday tirbandlik bölmagan böm-böş köçalar va xiyobonlar, heç kim qönğiroq qilib sizni bezovta qilmaydi.
Butun olam uyquda va bu sizga özingiz istagan iş bilan şuğullaniş uçun qimmatli soatlarni taqdim etadi.
3. Ertalab kamroq çalğiysiz
Ertalab turib Facebook sahifangizni tekşirasiz va bor-yöği uçta yangilikni körasiz. Elektron poçtangizga birorta ham xat kelmagan. Yangiliklar saytlarida ham hali heç narsa çiqib ulgurmagan. Sahar tursangiz mana şunday çalğituvçi narsalardan xoli bölasiz.
4. Ertalabki kötarinkilik butun kunga tatiydi
Agarda bajarişingiz lozim bölgan işlarning heç bölmasa bittasini erta tongda uddalay olsangiz, qolganlarini ham bajarişga ulgurasiz va keçga borib sizda böş vaqt paydo böladi. Ammo işga kirişişni tuşga yaqin boşlasangiz, u holda butun kuningiz tartibsiz va oğir ötadi. Möljallagan işlaringizni bajarişga vaqt yetmay qolişi ham heç gapmas.
5. Ertalab zöriqiş kam böladi
Aniqroği, zöriqiş umuman bölmaydi. Bu vaqtdagi ruhiy holatingizni quyoşning ilk nurlari aks etayotgan suv yuzasiga öxşatiş mumkin. Bunday kayfiyat bilan istagan işingizga kirişişingiz mumkin.
6. Kunduzi dam olişga imkoniyat paydo böladi
Agar erta tursangiz va işlarni kunning birinçi yarmida bajarib olsangiz, kunduz kuni bir soat maza qilib dam olişingiz uçun imkoniyat paydo böladi. Barça asosiy işlarni bajarib bölgan inson tuşlikdan söng ozgina pinakka ketsa buning yomon joyi yöq.











