Haqiqatdan şu narxlarda uşbu mahsulotlar bozorlarimizda sotilmoqda. Özbekiston Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi onlayn tarzda mamlakatimiz bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarni tahlil qilmoqda. Şu nuqtai nazardan, mazkur ma'lumotlar işonçli manbalar asosida tuzilgan deyiş mumkin, deb yozmoqda ÖzA Özbekiston Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmatiga asosan.
Bozor öz nomiga mos. Undagi narxlar mahsulot sifati va xaridorlarning talabiga köra özgarib turadi.
Özbekiston Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi bozorlarda bugungi narx-navolar bilan taniştirişni davom ettiradi.
Ayni vaqtda yurtimizda pişiqçilik mavsumi bölgani uçun, eng avvalo, şakarning narxi bilan qiziqdik. Uning bir kilogrammi 4 ming 200 sömdan 6 ming 500 sömgaça bölib, Nukus şahar markaziy dehqon bozorida 5000-5500 söm atrofida, “Siyob” bozorida 6 ming sömga sotilmoqda. Qarşi şahridagi “Yerqörğon” dehqon bozorida 4200-4500 sömga baholanmoqda.
Xöjalik sovuni ham rözğor uçun muhim. Uning narxlari ming sömdan uç ming sömgaça belgilangan. Misol uçun, Nukus şahar markaziy dehqon bozori, Samarqand şahridagi “Siyob” bozori, poytaxtdagi Mirobod dehqon bozorlarida narx eng baland bölsa, Sardoba (Sirdaryo), (Toşkent şahri) Yunusobod dehqon bozorlarida xöjalik sovunini ming sömga ham xarid qilişingiz mumkin.
Bozorlarda bir dona tuxumning narxi 650-200 söm tarzida şakllantirilgan bölib, uning eng qimmati Yunusobod va Mirobod (Toşkent şahri) dehqon bozorlari hissasiga töğri keladi. Navoiy şahar dehqon bozorida tuxumni 200 sömga ham topasiz.
Mol göştining narxi kun sayin özgarib bormoqda. Şu kunlarda esa 26 ming sömdan 42 ming sömgaça baholanmoqda. Mirobod (Toşkent şahri) dehqon bozorida eng baland narxlar kuzatilgan bölsa, Nukus şahar markaziy dehqon bozorida 26 ming sömga sotilmoqda.
Kartoşkaning örtaça narxi 1000-1500 söm bölib, uning eng qimmati Nukus şahar markaziy dehqon bozorida ikki ming sömni taşkil etgan holda, Andijondagi Yangi şahar bozorida 750 sömga sotilmoqda.
Piyozning bozorlardagi örtaça bahosi 800-1500 söm. Biroq, uning 400 sömga olmoqçi bölsangiz, Farhod (Toşkent şahri) dehqon bozoridan topasiz. Qoraqalpoğistonda esa bir kilogrammi ikki ming sömga baholanmoqda.












