Özbekiston Professional futbol ligasi rivojlangan mamlakatlarning akademiyalari bilan aloqa örnatmoqda. Yaqinda Özbekiston va Portugaliya professional futbol ligalari özaro hamkorlik borasida kelişuvga erişdi. Mazkur iş yuzasidan PFL Xalqaro aloqalar bölimi vakili Zohid Akramovni Portu şahriga jönatdi.
Bugun — 23 iyul kuni PFL vakili Portugaliya Professional futbol ligasi ijroçi direktori Sonia Karneyru hamda yuridik masalalar böyiça ijroçi direktor Jaou Martins bilan körişdi. Endi Portugaliya Professional futbol ligasi marketing, media, klublar bilan işlaş, translyatsiya va boşqa turli masalalar böyiça öz mutaxassislarini Özbekistonga yuborib, seminarlar taşkil qiliş va öz tajribasi bilan örtoqlaşişga tayyor.
Qöşimçasiga, «Portu» futbol klubi akademiyasi bilan ham hamkorlik qiliş böyiça kelişib olindi. Dragon Force nomi bilan maşhur akademiya murabbiylari sentabr–oktabr oylarida Özbekistonga taşrif buyurib, yoş futbolçilarga futbol sirlarini örgatadi.
Özbekiston va Portugaliya professional futbol ligalari hamkorlikda işlaydi
03:35 / 24.07.20187 7472 min

















