Pro-liga 19-turidan örin olgan «Yozyovon» – «Xotira-79» öyini ötkazilmadi, deb xabar beradi PFL sayti.

Jamoalar öyinga yetib kelgan va muxlislar stadionga töplangan bölsa-da, PFL öyinni bekor qilib, «Yozyovon» klubiga texnik mağlubiyat yozdi. Buning sababi sifatida, yozyovonliklarning qarzlaridan qutulmagani körsatildi.

Xuddi şunday ahvolda bölgan «Xorazm» va «Xotira-79» klublari qarzlardan qutulişi haqida kafolat xati berganidan söng, jazosiz qoldirildi.

Keça xuddi şunday jazoga «Norin» klubi uçragan va Samarqandning «Dinamo» jamoasi maydonga tuşmasdan turib, 3 oçkoga ega bölgan edi. PFLning bunday mantiqsiz qaroriga nisbatan Tribuna.uz öz munosabatini bildirgan edi.