Klublarimizning xalqaro maydondagi iştiroki bilan özbek futbolida yangi mavsum boşlandi. Yangi mavsumdagi rejalar va futbolimizda köp muhokama qilinayotgan mavzular borasidagi savollarimizga javob oliş uçun Professional Futbol Ligasi direktori Omon Ğofurov hamda, PFL direktori maslahatçisi Diyor Imomxöjayevni studiyamizga taklif qildik. Suhbat davomida PFL rasmiylari barça savollarimizga atrofliça javob berişdi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Bir qadam orqaga, ikki qadam oldinga»

Avvalo mehmonlarimizdan nima uçun Superliga öyinlari bir hafta keçikib boşlanişi haqida söradik. Bunga esa PFL rasmiylari jamoalarning mavsumga rasman tayyor bölmaganini sabab qilib körsatişdi: «Biz çempionat öyinlarini 1 martda boşlaşga tayyor edik. Lekin jamoalar özlarini hozirgidek tutişda davom etişsa, çempionat startini aprelgaça surişga ham tayyormiz. Mayli, bizni tanqid qilişsin, PFL toşbaqa deyişsin, lekin biz özimizni aldamoqçi emasmiz.

PFLda mavsumni vaqtida boşlaş uçun heç qanday muammo yöq. Biz reglamentni tayyorlab qöyganmiz. Suğurta, homiylik borasida ham işlarimiz joyida. Hatto TV translatsiyasiga kerak böladigan galereyalar tayyorlaş uçun studiyalar qilib qöyganmiz. Lekin hali jamoalarning ba'zilarida forma tayyor emas, ba'zilarida formalarining raqamlari yöq. Ular 1 martgaça forma masalasini hal qilişlariga işonamiz, lekin boşqa masalalar ham oçiq qolgan.

Bir qator jamoalar mavsumga çet elda tayyorlanişmoqda. Futbolçilar bilan birga klub boş direktorlari, sport direktorlari ham ketişgan. Vaholangki ularning bu yerda qiladigan işlari köp. Stadion masalasi, akademiya masalasi bor. Klublar bundan oldin 20 yillab tekşiruvsiz mavsumni boşlayverişgan. Ular 2019 yilda ham şunday böladi deb öylaşgandi, lekin bunday bölmaydi. Biz oldingi yillardagi xatolarni takrorlaşni xohlamaymiz. Çempionatni kerak bölsa may oyida boşlaymiz. Muhimi, hozir bir qadam orqaga taşlasak ham, keyin ikki qadam oldinga siljiş. Klublarimiz tartibli işlaş kerakligini tuşunib yetişi kerak».