«220 Volt» elektr jihozlari va mahsulotlari riteyleri yangi şakldagi konteyner-dökonlarni sinovdan ötkazmoqda.
Hozirda riteyler Moskva va Sankt-Peterburgda bittadan ana şunday dökonlar taşkil qildi. Kompaniya 2019 yilga kelib 20ta dökon oçmoqçi. «220 Volt» bunday konteyner-dökonlarni qurilişlar olib borilayotgan hududlar, uzoq tumanlar, körgazma va tadbirlar hamda dökon oçiş imkoniyati yöq joylarda taşkil etişni rejalaştirgan.
Maydoni 30 kvadrat metrga yaqin konteynerlar taxminan 600 nomdagi mahsulotni joylaştirişga möljallangan. Bitta konteynerni ta'mirlaş va jihozlaş uçun 600-700 ming rubl ketadi. Mahsulotlar uçun yana 1 million rublga yaqin pul sarflanadi.

Ozgina mablaği bor va talab yuqori bölgan «nuqta»larni bilganlar uçun bu biznes juda daromadli bölişi mumkin. Dökon uçun xarajat juda oz bölib, savdo yurişmasa boşqa joyga köçiriş mumkin.
Kompaniya vakilining aytişiça, boşqa şakldagi, jumladan, çodir körinişidagi, ğildirakli dökonlar varianti körib çiqilgan, lekin oxirida konteyner ma'qul deb topilgan.
















