Özbekiston musulmonlari idorasi «ayrim imom-xatiblarning işdan böşaş sabablarini sörab, murojaatlar kelib» tuşayotganini ta'kidlab, uşbu masalaga oydinlik kiritdi.
Özbekiston musulmonlari idorasi Xodimlar bölimi mudiri vazifasini bajaruvçi Erdon Esanovga köra, sönggi yillarda Islom dini qadriyatlarini ravnaq toptiriş, dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qöşgan ajdodlar merosini örganiş va yoşlarni dinu diyonatli qilib tarbiyalaş borasida sermahsul işlar amalga oşirilmoqda. Davlat rahbari zamon bilan hamnafas yaşaş, mömin-musulmonlar ehtiyojini ta'minlaş va aholi imon-e'tiqodini mustahkamlaş yölida imom-xatiblarni doimo faollikka, ğayrat körsatişga da'vat etib kelmoqda.
«Biroq ayrim imom-xatiblardagi özibölarçilikka beriliş, loqaydlikka yöl qöyiş va sustkaşlik qiliş kabi holatlar köpçilikning dilini xira qilmoqda. Tan oliş kerak, Islom dini ma'rifatini keng tarğib etiş, xalqimizning talab-istaklarini qondiriş va jaholatga qarşi ma'rifat bilan kuraşiş işiga barça imom-xatiblar birdek yondaşmayotgani ma'lum bölmoqda. Hukumatimiz diniy soha rivoji uçun bir qator şart-şaroitlarni muhayyo etib bermoqdaki, bir vaqtlar xayol ham qilib bölmaydigan işlar bugun köz öngimizda namoyon bölmoqda», deb yoziladi taşkilot rasmiy veb portalida.
«Lekin mana şunday qulaylik va yengilliklarga zid ravişda ayrim masjidlardagi noxuş manzaralar va imom-xatiblar faoliyatidagi nuqsonlar köngilni ranjitmoqda. Ba'zi masjidlarning qarovsizligi, ayrim imom-domlalarning beparvoligi yuqoridagi mulohazalarni tasdiqlaydi.
Masalan, Sirdaryo viloyatida 3 nafar diniy ma'lumotga ega bölmagan kişi imomlik qilayotgani, 4 ta masjidda imom-xatib vazifasi vakantligi, FHDYo organidan röyxatdan ötmagan şaxslarga nikoh öqiş kuzatilgani, ajrimlar soni ortgani va ayrim imomlar namozxonlarga qöpol muomalada bölayotgani aniqlangan. Mana şuning uçun Sirdaryo viloyati boş imom-xatibi Möminjon domla Usmonov egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Toşkent şahridagi «Şayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi Odilxon qori Ismoilov ham masjid tartib-intizomiga rioya etmagani, kundalik namozlarda muntazam bölmagani, tasdiqlanmagan xabarlarni internet orqali tarqatiş kabi nuqsonlar hamda bemorligi vajidan vazifani uddalay olmayotgani sababli işdan olindi. Farğona viloyati Farğona tumani boş imom-xatibi Aşurov Hasanboy ham topşiriqlarni paysalga solişi, itoatsizligi va muomala madaniyati imomlikka noloyiq bölgani uçun işdan ketdi. Şuningdek, Samarqand tumanidagi «Imomi A'zam» jome masjidi imom-xatibi Pölatov Abdurahim kabi imom-xatiblar ham mana şunday xato-kamçiliklar tufayli ular bilan tuzilgan mehnat şartnomalari bekor qilindi.









