AQŞ Avstraliyaning Darvin şahri yaqinidagi harbiy bazasiga 2,5 ming kişilik qöşimça harbiy kontingentni yubormoqçi. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo Avstraliyaning ABC teleradiokompaniyasiga bergan intervyuda ma'lum qilgan.

“Mudofaa vaziri Mettis Darvinga 2,5 ming harbiy yuborişda töxtaganimizni aytgandi. Ular hozirda jönatilişga tayyorlanmoqda. Ularning keliş muddati Avstraliya aytadigan vaqtga boğliq böladi”, deb aytgan Pompeo.

“Bu AQŞ uçun muhim missiya va biz bu nafaqat Avstraliya, balki butun mintaqa uçun muhim missiya ekanligini bilamiz”, deb qöşimça qilgan Pompeo.

Hozirda Darvin yaqinidagi bazada 1 ming 250 nafar harbiy joylaştirilgan. AQŞning Avstraliyadagi harbiy kontingentining kuçaytirilişi Avstraliya-Xitoy munosabatlariga katta xavf soladi. AQŞning harbiy ittifoqdoşi bölgan Avstraliya Janubiy Xitoy dengizidagi hududlarga da'vogarlik qilmagan holda uzoq vaqt hududlar borasidagi bahslarda Xitoy bilan yaxşi iqtisodiy munosabatlarni saqlab qoliş uçun daxlsizlik saqlab kelgan. Oxirgi oylarda uşbu davlatlar örtasidagi munosabatlar sezilarli tarzda yomonlaşgan.