«Barselona» ayyoronalik bilan yana bir dramatik transferni amalga oşirdi: 41 million yevro (+1 million yevrolik bonuslar) evaziga «Bordo»ning hujumkor yarim himoyaçisi Malkom transfer qilindi.

«Roma» örniga «Barsa»ga

Duşanba kuni keçqurun bu futbolçi Rimga uçişi kerak edi: fransuzlar klubi uni «Roma»ga sotişga rozilik bergan, tomonlar futbolçi transferi haqida rasman ma'lum qilgandi ham. Duşanba kuni keçqurun rimlik muxlislar aeroportga çiqişgan, futbolçi Rimga kelib tibbiy körikdan ötişi kutilgandi. Ammo bir neça soat içida vaziyat tubdan özgarib ketdi va «Bordo» rahbarlari va'dalaridan tonib, 21 yoşli futbolçini qimmatroq narxga kattaroq klubga sotdi.

Gap şundaki, «Barselona» «Çelsi»dan Villianni transfer qila olmagaç, zaxira variantga qaytgandi. «Roma» Malkom uçun 36 million yevro taklif qilayotgandi, «Barselona» esa «Çelsi» Villian uçun 80 million yevro talab qilgaç, ikki barobar arzonroqqa boşqa bir braziliyalikni sotib olişga qaror qildi.

Kataloniyalik muxlislar uçun bu haqiqiy syurpriz böldi. 21 yoşli futbolçi endi «Barselona» bilan 5 yillik şartnomaga imzo çekadi. 

Malkom kim özi?

Malkom – «Bordo»ning öng qanotida harakatlangan braziliyalik forvard. U Liga 1 turnirining ötgan mavsumida 32 öyin ötkazib, 10 gol urgan va 7 assistga mualliflik qilgan.

U professional faoliyatini «Korintians»da boşlagan, jamoa tajribali vingerini Qatarga yöllab, 17 yoşli futbolçiga işonç bildirgandi. 2016 yilda uni sal qolsa Ukrainaga,  jönatib yuborişardi, ammo «Dinamo» va «Şaxtyor» klublariga rad javobi berilib, «Bordo»ning 5 million yevrolik taklifi qabul qilingandi.

«Korintians» yoki Yevropa: Qiyin tanlov tarixi

Malkom 17 yoşida Braziliyada «Korintians»ning asosiy tarkibiga kirgandi, u ilk mavsumidayoq jamoasi bilan mamlakat çempioni böldi. Öşanda «Korintians»ni Tite boşqargan, u Malkomga katta işonç bildirgan, uni keyingi mavsumlarda jamoasining asosiy yetakçisiga aylantirişni möljallagandi.