Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini çiqariş va ularni Özbekiston Respublikasida muomalada bölişi tartibi töğrisida nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.  
 
Birinçidan, virtual bank kartalari amaliyotga joriy etiladi. Bu internet tarmoğidagi tölovlar uçun möljallangan fizik (plastik) taşuvçisiz maxsus bank kartasidir. Mohiyatan olganda, bunday karta tölovni amalga oşiriş uçun zarur rekvizitlar ma'lumotlaridan iborat böladi. Virtual bank kartasi bank va mijoz örtasida yozma şaklda yoki ofertani aktseptlaş orqali tuzilgan şartnoma asosida foydalanişga taqdim etiladi (tarqatiladi).
 
Internetda tölovlar amalga oşirilayotganda bank kartasining haqiqiyligini tekşiriş uçun bank kartasining maxsus CVV (SVS) kodidan foydalaniladi.
 
Tegişinça, virtual terminal (E-POS) bank kartalari orqali tölov operatsiyalarini amalga oşiriş va amalga oşirilgan operatsiyalar böyiça elektron sliplarni (kvitansiyalarni) şakllantiriş imkonini beruvçi dasturiy ta'minot hisoblanadi. 
 
Ikkinçidan, hujjatda bank kartasining qöşimça – kobeyjingli turi qayd etilgan. Kobeyjingli bank kartasi uning old tomonida logotiplari aks ettirilgan bir neçta tölov tizimida (masalan, UZCARD vai UnionPay) işlaydi.
 
Uçinçidan, bitta karta sçyotiga bir neçta qöşimça bank va virtual kartani ulaşga ruxsat beriladi.  
 
Törtinçidan, protsessing taşkilotiga (YaUPM) bank kartalari böyiça tölovlarni amalga oşiriş paytida antifrod tizimi (ingl. fraud – firibgarlik) – firibgarlik operatsiyalarini baholaş va oldini oliş tizimidan foydalaniş majburiyati yuklatildi.
 
Hujjat 25.10.2018 yildan kuçga kiradi.