Florida sohillari yaqinida baliq ovlovçilar ulkan gruper turidagi baliqning akulaga hujumi videosini suratga olişdi. Rolik YouTube’da joylaştirilgan.
Baliq ovlovçilar qarmoğiga kiçik ölçamli akula tuşgan. Ular akulani sekin-asta tortayotganlarida suv sirtida birdan ulkan gruper paydo bölib, akulani bir yutib, çuqurlikka tortib ketgan.
Videoda gruperning oğirligi ostida baliq ovlovçining qölidagi qarmoği bukilib ketganini köriş mumkin. Guvohlardan birining aytişiça, baliq ovlovçilar ölja uçun ulkan baliq bilan 10 daqiqaça kuraşişgaç, oxir-oqibat baliqni akulani çiqarib yuborişga majbur qilişgan. Baliq ovlovçilarning fikriça, baliqning oğirligi 220 kg kelgan.











