Juma kuni Ispaniya qutqaruv xizmati xodimlari Gibraltar böğozi orqali qayiqlarda suzib ötişga uringan 500dan ortiq muhojir dengizda qolib ketganini payqab qolişdi.
Umumiy hisobda 505 kişi ötirgan 24 ta qayiq aniqlandi.
Payşanba kuni esa qutqaruv xizmati Gibraltar böğozida 314 kişi va Alboran dengizida 100 kişi qolib ketganini aniqlagandi.
Muhojirlarning Örta Yer dengizi orqali Ispaniyaga oqimi keyingi oylarda sezilarli ravişda oşdi. Agar 2017 yil davomida Ispaniyaga dengiz orqali 22,4 mingdan ortiq muhojir kelgan bölsa, şu yilning yanvaridan iyuliga qadar 21 ming kişi, iyul boşidan buyon esa 5916 kişi kelgan, deyiladi Xalqaro migratsiya taşkiloti ma'lumotida.












