Florida ştatidan senator etib saylangan astronavt Bill Nelson NASAning hozirgi byudjyeti va Donald Trampning Oyga parvoz haqidagi rejalari sababli Marsga odamlarning parvozi 2050 yilga qoldirilişi mumkinligidan taşvişdaligini bildirdi. Bu haqda Phys.org yozmoqda.
AQŞ Qizil sayyoraga 2030 yilga kelib astronavtlarni jönatişni rejalaştirgandi, ammo NASAda bu borada hali ham batafsil reja mavjud emas, reja işlab çiqiş yetti oyga ortga surildi. Bu qisman Trampning yana Oy böyiça dasturni yölga qöyiş rejasi bilan boğliq. AQŞning avvalgi prezidenti Barak Obama Marsga parvozga e'tibor qaratiş zarurligini aytib Oyga parvozlar rejalaştirilgan «Yulduzlar turkumi» dasturini bekor qilgandi.
Yana bir muammo esa moliyaviy yetişmovçilikdir. 2009 yilda kosmik parvozlar sohasidagi muammolarni körib çiqiş bilan şuğullanuvçi Ogustin komissiyasi insonning Oy yoki Marsga parvozini taşkil etiş uçun NASA byudjyeti uç milliard dollarga oşirilişi zarurligini bildirgandi. Milliy fanlar akademiyasi esa Marsga parvoz 2050 yildan oldin amalga oşmasligini hisoblab çiqqandi.
2017 yilda Kongress NASAdan Mars missiyasi böyiça bosqiçma-bosqiç rejani taqdim etişni talab qilgandi. Explore Mars kompaniyasi ijroçi direktori Kris Karberrining aytişiça, AQŞning xalqaro va tijorat hamkorlari Qizil sayyoraga parvozni amalga oşirişda yordam berişlari mumkin, ammo ular hukumat öz fikrini muntazam özgartirib turişidan xavotirda.












