Olti yil avval ofis uçun dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçi ServiceNow narxi kamtarona 2 milliard dollarga teng edi. Bugun u 30 milliard dollarga baholanib, Forbes’ning  2018 yil uçun eng innovatsion kompaniyalar reytingida birinçi örinni egallagan. ServiceNow asosçisi Fred Laddi bunday natijalarga qanday erişdi?

Vegas har doim Vegasligiça qoladi. Muxlislar “Venetsiya” mehmonxonasida oyoq qöyişga joy qoldirişmadi. Bu yerga taşrif buyurişlaridan maqsad olomon içidan yurib kelayotgan maşhur inson bilan selfiga tuşiş edi. Amerikadagi eng maşhur axborot texnologiyalar kompaniyasi ServiceNow asosçisi Fred Laddi. ServiceNow tomonidan har yili ötkaziladigan Knowledge konferensiyasiga taşrif buyurgan 18 ming mijoz, yetkazib beruvçi va xodimlar orasida Ueyn Nyuton ham, Selin Dion ham, Zigfrid va Roy ham bugun Laddiga teng kelolmaydi .

Foto: Nvdaily

“Bu odamlar seni körişdan xursand ekanlar, özingni rok-yulduz deb his qilasan, - deydi közlari yonib turgan Laddi. Bunga özingni noloyiq sezasan, çunki iştiyoq manbasi aynan ular. Döstlar, bu ğoyalarning bari sizda edi. Men bor-yöği ularni yozdim va fikrladim”.

Laddining bu kamçiliklarini avf etamiz. Ön tört yil avval u deyarli kasodga uçradi. Uning 35 million dollarga teng şaxsiy boyligi bir soatda avvalgi kompaniyasidagi hisobçining firibi natijasida “havoga yöq böldi”. Ön uç yil oldin bir özi ServiceNow mahsulotini öz uyida işlab çiqdi. Hatto muvaffaqiyatli IPÖdan keyin ham uning kompaniyasi narxi kamtarona 2 milliard dollarga teng edi.

Bugun Kaliforniya ştatidagi Santa-Klarada ştab-kvartirasiga ega ServiceNow 30 millard dollarga baholanmoqda. 6000 dan ortiq xodim işlaydigan kompaniyaning 4000 dan ortiq mijozlari bor. Ulardan 850 tasi dunyodagi eng ommaviy firmalar Forbes Global 2000 röyxatiga kiradi. Ötgan yili uning daromadi 1,93 milliard dollarga teng böldi. Şu yili bu körsatkiç 30 foizdan köproqqa oşişi kutilmoqda. 500 dan ortiq kompaniyalar ServiceNow kompaniyasiga yiliga 1 million dollardan kam sarf etişmaydi.

Ular nimaga ega bölişadi? Xodimlarga axborot texnologiyalardan olingan takliflarni osonlik bilan qayta işlaş imkonini beradigan sodda va moslaşuvçan hujjatlar oqimi.Salesforce kabi barça aloqalar (va köpinça savdo vakillariga ularning keyingi qadami qanday bölişi kerakligini aytib turadi) töğrisidagi qaydlarni saqlaş orqali taşqi mijozlar bilan işlaş imkonini beradi.ServiceNow xodimlar ehtiyojiga javob beradigan, sohadan bu bozorning yarmi uçun kuraş olib borayotgan BMC Software, Hewlett Packard Enterprise, Chewell Software va CA Technologies kabi kompaniyalarni siqib çiqaradigan içki tizimni taqdim etişga va'da beryapti.