Samarqand viloyati jinoyat işlari böyiça Tayloq tuman sudida xotinini öldirib, uning jasadini bir yil davomida yaşirib kelgan N. Rahimov işi körib çiqildi,
Xabar qilinişiça, 2017 yil avgustida mast holda bölgan N. Rahimov xotini bilan oşxonalardan birida janjallaşib qolgan. Erkak ayolini töyda raşk qilgani aytiladi. U xotinining yuziga urgan. Ayol yerga yiqilib tuşgan, şundan söng uning qorni, beli va tanasining boşqa qismlariga ura ketib, keyin böğa boşlagan. Ertasi kuni N. Raximov xotini vafot etganini bilgan. Tunda u hali tugatilmagan dökonning bir burçagida 70 sm çuqurlik qazigan hamda xotinining jasadini kömgan. U bolalari va mahalladoşlariga xotini Rossiyaga ketgani haqida xabar beradi.
2017 yilning 22 avgustida yuz bergan uşbu jinoyat 2018 yilning 13 fevraligaça sirligiça qolgan. Sud jarayonida iş batafsil örganib çiqildi, sudlanuvçi N. Rahimov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblandi. U 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.











