Özbekiston Logistika samaradorligi indeksida 168 mamlakat orasida 117-örinni egalladi. Tadqiqot Jahon bankining saytida e'lon qilindi.
Logistika samaradorligi indeksini (LPI) öz içiga olgan «Raqobatbardoşlikni oşiriş uçun aloqalarni örnatiş» hisoboti har ikki yilda bir marta e'lon qilinadi. Unda 168 davlat reytingi bölib, milliy va xalqaro bozorlarga kirişni ta'minlovçi ta'minot zanjirlari samaradorligi ölçanadi.
Hisobotning sönggi törtta xulosasi natijalariga köra, Germaniya eng yuqori samaradorlik egasiga aylandi. Ta'minot zanjiri sohasida yetakçilik qiluvçi, yuqori daromadli mamlakatlar logistika samaradorligi reytingida eng yuqori örinni egallaydi (Niderlandiya, Şvetsiya, Belgiya, Singapur, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Avstriya, Gonkong, AQŞ).
Özbekiston 117-örinni egallab, Armaniston (116) va Zambiya (118) örtasida joylaşdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxşi körsatkiç Qozoğistonda - 77. Eng yomoni - Tojikiston (147).
Reytingning quyi poğonalarini, odatda, past daromadli mamlakatlar, şuningdek, yakkalanib qolgan, beqaror yoki nizolarga yoki tartibsizliklarga duç kelayotgan mamlakatlar egallaydi.












