Aralaş jang san'atlari yönalişi böyiça rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedov işqibozlar bilan muloqot davomida irlandiyalik Konor Makgregorga qarşi bahs haqidagi öz fikrlarini bildirib ötdi, deb xabar beradi allboxing.ru.
Rossiyalikning ta'kidlaşiça, bu uçraşuvdagi öz mağlubiyatini «imkonsiz» deb hisoblaydi.
«Bu imkonsiz, oşna. Umuman noreal. Agar bitta teykdaunni amalga oşirişga urinib körsam va u nisbatan yaxşi himoyalansa, unda yana 100 marta urinaman. U nima qiladi? U juda epçil emas, kuraşa olmaydi, grepplingi yöq. Çarçaganida, ruhiyat kuçiga tayana olmaydi. Keyin nima böladi? Uning çap qöli juda yaxşi holatda. Men bunga qöşilaman. Lekin u nima qila oladi?», - dedi Nurmagomedov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedov MBAga ötib ketiş bilan tahdid qilgandi.












