Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Yoxannesburgda BRIKS sammiti davomida blokka kiruvçi davlat yetakçilaridan Turkiyaga BRIKSga qöşilişga ijozat berişni söragan. Bu haqda Hurriyet Daily News naşri ma'lum qildi.
“Men agar bizni alyansga qabul qilsangiz, u BRIKST deb atalişini aytdim”, deb ma'lum qilgan Erdöğan jurnalistlarga va BRIKS a'zolari uning taklifini iliq qarşilaşganini qöşimça qilgan.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozirça BRIKSga kiruvçi davlatlar sonini köpaytiriş rejalaştirilmayotganini, biroq kelgusida bunday imkoniyat bölişi mumkinligini aytgan. Putinning ta'kidlaşiça, alyansga kirişga köpçilik davlatlar qiziqiş bildirmoqda, biroq uning taşkilot böyiça hamkasblari bunga ehtiyotkorlik bilan qaraşmoqda.
Yoxannesburgda ötgan sammit yakuniga köra taşkilot faoliyatining 10 yilligi natijalariga böyiça Yoxannesburg deklaratsiyasi imzolandi.












