Kambojada hukmron Kamboja xalq partiyasi mamlakat parlamenti quyi palatasi – Milliy assambleyaga saylovlarda g‘alaba qozondi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Milliy assambleyaga deputatlar saylanishi deyarli 23 ming saylov uchastkasida bo‘lib o‘tgan. Mamlakat markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 16 mln fuqarosidan 8,3 mln nafardan ko‘prog‘i ovoz berish huquqiga ega.