Özbekiston Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining yangi narx-navolarini e'lon qildi.
ÖzA’ning yozişiça, şakarning bir kilogrammi bozorlarda 5500-4500 sömdan sotilmoqda. Eng qimmati – Yangi şahar (Andijon), Jizzax şahar markaziy dehqon bozorlarida bölsa, Qöyliq, Farhod dehqon bozorlari (Toşkent) arzon narxlar qayd etilgan.
Ösimlik yoğining bir kilogrammi 8-12 ming söm. Arzoni Nukus, Termiz şahar markaziy dehqon bozorlarida bölsa, Jizzax va poytaxtimizdagi Farhod dehqon bozorlarida qimmat narxlar kuzatilgan.
Birinçi navli un 1500-4000 sömgaça sotilmoqda. Termiz şahar markaziy dehqon bozorida 1500, Yangi şahar bozorida 3500, Çorsu dehqon bozorida 4 ming söm.
Makaron 1,500-6000 sömgaça. Jizzax va Buxoro şahar markaziy dehqon bozorlarida 6 ming söm. Namangan şahri Sardoba dehqon bozorida 2700 söm, Yangi şahar (Andijon) dehqon bozorida 1,500 söm.
Tovuq göşti 8-19 ming söm. Eng qimmati Yangi şahar bozorida (Andijon), Mirobod va Yunusobod (Toşkent şahri) dehqon bozorlarida 19 ming söm. Buxoro şahar markaziy dehqon bozorida 8 ming söm.
Tuxum 200-650. Toşkent şahri bozorlari – Mirobod dehqon bozorida 650 söm, Yunusobodda 600 söm. Qöyliqda 200 söm.
Guruç 3 – 12 ming söm. Urganç (Xorazm) va Farhod (Toşkent) dehqon bozorlarida eng arzoni – 3000 – 3300 sömgaça. Eng qimmatlari Nukus şahar markaziy bozori va Mirobod dehqon bozorida – 12000 söm.
Kartoşka 700 – 3000 söm. Termiz şahar va “Siyob” (Samarqand) bozorlarida eng arzoni bölsa, Guliston şahri markaziy dehqon bozori va Farhod (Toşkent şahri) dehqon bozorida qimmat narxlar qayd etilmoqda.
Piyoz 450-2000 söm. Nukus şahar markaziy dehqon bozorida eng yuqori narxda sotilayotgan bölsa, Yunusobod va Qöyliq (Toşkent şahri) dehqon bozorlarida arzon narxlarda xaridorlarga yetkazib berilmoqda.












