Guvohlar Avstraliya poytaxti Kanberra yaqinidagi şaharçada kengurular köpayib ketganini ma'lum qilişdi. Qişki qurğoqçilik paytida kengurular yemiş izlab şahar köçalariga çiqadi.
Piter Robinsonning yozişiça, u hovlisidagi ötlarni kemirayotgan kenguruni körib hayratga tuşgan. Uning aytişiça, bunday holat ilk bor yuz bermoqda.


Mutaxassislar Avstraliyada iyundan avgustga qadar davom etadigan qiş fasli kengurular uçun oğir fasl bölişini, ular yemiş topişga qiynalişini aytişmoqda. Bundan taşqari, 2018 yilgi sovuq tunlarda ötlar muzlab qolgan.


Ijtimoiy tarmoqlarda kengurular bilan tasodifiy uçraşuvlar muhrlangan suratlar çop etilmoqda.

Kenguru odamga duç kelganida özini tajovuzkor tutişi ham mumkin, masalan 2013 yilda avstraliyaliklardan birining kenguru bilan uçraşuvi jarohat oliş bilan yakunlangan.











