Iyul oyida Ispaniya sohillarida qariyb 10 ming muhojir qutqarib qolindi, deb xabar berdi RIA Novosti dengiz qutqaruv xizmati vakiliga tayanib.
1 iyuldan 30 iyulga qadar qutqaruvçilar 8 756 muhojirni qutqarişgan, yana 1 004 nafari Marokaş va Ispaniya qutqaruv xizmatlarining hamkorlikdagi operatsiyalari davomida qutqarib qolingan.
Aprelda qutqaruv xizmati dengizda 1 097 kişini qutqargan bölsa, bu raqam mayda 3318, iyunda 6 397 kişiga yetdi – bu ma'lumotlarga Marokaş tomoni qutqargan muhojirlar soni kiritilmagan.
Birgina 27 iyul kuni dengizda 57 ta qayiq – jami 1242 muhojir aniqlandi.
Yil boşidan beri qutqaruv xizmati dengizda 22 091, Marokaş tomoni 3 825 muhojirni aniqlagan, 46 kişi halok bölgan yoki bedarak yöqolgan.
Agar 2017 yil davomida Ispaniyaga dengiz orqali 22,4 mingdan ortiq muhojir kelgan bölsa, şu yilning yanvaridan iyuliga qadar 21 ming kişi, iyul boşidan buyon esa 5916 kişi kelgan, deyiladi Xalqaro migratsiya taşkiloti ma'lumotida.
Ispaniya sohillarida iyulda ön mingga yaqin muhojir qutqarildi
02:09 / 31.07.20183 9791 min











