Aralaş yakkakuraşlar böyiça rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedov UFC’ning ikki karra çempioni Jorj Sen-Per bilan ehtimoliy bahs haqidagi öz fikrlarini bildirib ötdi. Bu haqda tofight.ru xabar bermoqda.

Nurmagomedovning fikriça, hozirda uni mağlubiyatga uçratiş imkonsizdir.

«JSP - UFC’da qaçonlardir iştirok etganlar orasidagi eng buyuk jangçi. Agarda bizning jang röy bersa, unda u ham men uçun, ham uning uçun juda qiyin bahsga aylanadi. Men UFC’da heç qaçon mağlubiyatga uçramaganman. Öylaşimça, juda qattiq jangçiman. Mening fikrimça, hozir heç kim meni mağlub eta olmaydi, men barça raqiblarni yöq qilaman», - dedi Nurmagomedov.

Özining sönggi jangida Nurmagomedov El Yakvinta ustidan ğalaba qozonib, UFC çempioni kamarini qölga kiritdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregorga mağlub bölişi mumkinligi haqida fikr bildirgandi.