Avstraliya hukumati hayratlanarli fotosuratlarga tuşiş uçun öz hayotini xatarga qöyadigan sayyohlarga qarşi kuraşuvçi «selfi politsiyasi»ni taşkil etişga qaror qildi. Bu haqda The Sun yozmoqda.
Naşrning xabar berişiça, Avstraliyada Qirollik milliy boğidagi qoya çetida suratga tuşayotgan sayyohlarning xatti-harakatlari xavotir uyğotmoqda.
Qayd etilişiça, qoya çeti öpirilib tuşib ketişi mumkin.
Şu bois qoyada xavf haqida belgi örnatilgan, ammo «selfi» işqibozlarini bu belgi töxtata olmayapti.
Avvalroq Hindistonning Goa orolidagi plyajlarda sayyohlarga selfi qiliş taqiqlangani xabar qilingandi.
Avstraliyada «selfi politsiyasi» paydo böladi
03:55 / 01.08.20183 7281 min











