Olmaliq şahrining yangi hokimi tayinlandi.
«Kun.uz» manbasi xabar berişiça, endilikda şaharga Öktamjon Dexqonoviç Karimov rahbarlik qiladi.

U Toşkent viloyati hokimining 2018 yil 30 iyuldagi 603-sonli qaroriga asosan, Özbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq, 2018 yil 31 iyuldan Xalq deputatlari Olmaliq şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Olmaliq şahar hokimi lavozimiga tayinlandi.
Öktamjon Karimov yangi lavozimda 2017 yil avgustidan buyon işlab kelgan, biroz oldin Qibray tumani hokimligiga ötkazilgan Miragzam Mirqosimov örnida iş boşlaydi.
Öktamjon Karimov 1972 yili Farğona viloyati, Rişton tumanida tuğilgan, 1994 yili Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
1994-95 yillarda Farğona şahridagi kollejda öqituvçilik qilgan Öktamjon Karimov 1995-2003 yillarda Farğona viloyati neftni qayta işlaş zavodida turli lavozimlarda işlagan. U 2003-2008 yillarda Farğona viloyati «Özneftni qayta işlaş» kompaniyasida faoliyat yuritgan, 2008 yildan 2018 yilgaça «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda turli lavozimlarda işlab kelgan.








