Adliya vazirligi Toşkent şahrida va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliniş huquqiga ega bölgan şaxslar toifalari röyxati va Toşkent şahrida va Toşkent viloyatida doimiy va vaqtinça propiska qiliş töğrisidagi nizomga tuzatiş kiritişni taklif etmoqda.
Hozirda poytaxtda yoki poytaxt viloyatida doimiy propiskadan ötiş uçun er-xotinlardan biri murojaat qilgan vaqtda ular kamida bir yil birga yaşagan bölişlari lozim.
Endilikda mazkur talabni bekor qiliş taklif etilmoqda. Ya'ni tuzatiş tasdiqlanadigan bölsa, er (xotin) birgalikda qança muddat yaşagan bölişidan qat'i nazar er (xotin — xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga propiska qilinişi mumkin böladi.
Bundan taşqari, Toşkent şahrida va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliş uçun zarur böladigan hujjatlar röyxatiga ham tuzatiş kiritiş rejalaştirilmoqda. Xususan, doimiy propiskaga ega böliş uçun turar joy uçun hujjatlarning nusxalari va uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni beriş töğrisidagi arizasi (roziligi) yoxud agar şaxsan özi beriş imkoni mavjud bölmasa notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi)ni taqdim etiş bekor qilinişi mumkin.
Toşkentga propiskaga qöyişda er-xotinlarning birga yaşaganlik muddati haqidagi talabni bekor qiliş taklif etilmoqda
02:50 / 01.08.201818 0852 min












