«Barselona» «Mançester Yunayted» yarimhimoyaçisi Pol Pogba transferiga jiddiy qiziqmoqda.

Tuttosport naşri xabariga köra, klub texnik direktori Erik Abidal Los-Anjyelesda futbolçi bilan uçraşgan, suhbatda futbolçining Kataloniya klubiga transferi muhokama qilingan. 

Naşr xabariga köra, «Barsa» Abidalni klubni fransuz futbolçilari bilan kuçaytirişi uçun yollagan. Pogba aynan şunday futbolçilardan biri ekani aytilmoqda.

Bundan avvalroq, Pogbaning agenti Mino Rayola «Barselona» klubi vakillari bilan bölgan uçraşuvda, mijozi jamoasini özgartirişga tayyor ekanini aytgan edi. Futbolçining mankunianliklar bilan şartnomasi muddati 2021 yilgaça tuzilgan.

Eslatib ötamiz, Pogba 2016 yili «Yuventus»dan «Mançester Yunayted»ga ötgan edi. Ötgan mavsumda u jamoasining 37ta öyinida maydonga tuşib, 6ta gol urdi va 11 golga uzatma berdi.

Şu yil yozida u Fransiya terma jamoasi bilan jahon çempionatida ğolib çiqdi.