«Milan» himoyaçisi Leonardo Bonuççi «Yuventus» klubiga qaytdi.
Futbolçi turinliklar qarorgohida tibbiy körikdan muvaffaqiyatli ötib, 5 yillik şartnomani imzoladi. Uning maoşi yiliga 5 million yevroni taşkil qiladi.
Bonuççi 2017 yili «Milan»ga 42 million yevro evaziga ötgan edi. «Yuventus» uni qaytarib oliş uçun himoyaçi Mattia Kaldarani berdi. Turinga qaytiş uçun Bonuççi maoşining 2 million yevroga qisqarişiga ham rozi böldi.
2017/18 mavsumida Bonuççi «Milan» tarkibida barça musobaqalarda 52ta öyin ötkazib, 2ta gol urdi.











