Kataloniya va Ispaniya politsiyalari arman mafiyasiga qarşi yirik miqyosdagi operatsiyani boşladi.

OAVning xabar berişiça, Barselona, Madrid, Valensiya, Alikante va Albasetedagi 70ta manzilda ötkaziladigan operatsiyada yuzdan ortiq kişini qölga oliş rejalaştirilgan.

Politsiya ma'lumotlariga köra, Gap Yevropada örnaşgan va AQŞ, Fransiya, Belgiya, Italiya va Litvada aloqalarga ega bölgan jinoiy guruh haqida bormoqda.

Uyuşgan guruh talonçilik, tovlamaçilik, qurol savdosi, pul yuviş, poraxörlik, hujjatlarni soxtalaştiriş, giyohvand moddalar va tamaki kontrabandasi bilan şuğullanib kelgan.

Mahalliy matbuotning xabar berişiça, 26 iyunda Badalonada «qonundagi öğrilardan biri» yoki uning yordamçisi qölga olingan.