Çeçeniston prezidenti Ramzan Qodirov Markaziy Afrika Respublikasida halok bölgan jurnalistlarning qotillarini harbiy vaqt qonunlari böyiça jazolaşga çaqirdi. U bu haqda özining Telegram-kanalida yozdi.

«Ular jazolanişlari şart. Va harbiy vaqt qonunlari böyiça jazolanişsa yanada yaxşi böladi! Ayovsiz! Iloji bölsa ularning qöllaridan Jamol, Radçenko va Rastorguyevning qonlari izi ketmasdan turib», — deb yozdi u.

Qodirov şuningdek halok bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi hamda Rossiya huquqni muhofaza qiliş organlari va TIV qotillar jazolanişi uçun barça işni amalga oşirişiga umid bildirdi.

Bundan taşqari, Çeçeniston rahbari ayrim OAV qotillarning qaysi dinga e'tiqod qilişlariga e'tibor qaratayotganligini tanqid qildi.

«Ularni musulmonlar yoki xristianlar emas, balki qanday taşkilotga a'zo bölişidan qat'i nazar jinoyatçilar, banditlar otişdi», — deb fikr bildirdi Qodirov.

Eslatib ötamiz, 31 iyul kuni Markaziy Afrika Respublikasida, Sibut şahridan 23 km uzoqlikda rossiyalik jurnalist Örxon Jamol, rejissyor Aleksandr Rastorguyev va operator Kirill Radçenko öldirib ketilgani xabar qilingandi.

Ular «Tsentr upravleniya rassledovaniyami» loyihasi bilan hamkorlikda «Vagner» guruhi faoliyatiga oid hujjatli film işlaş uçun Afrikaga yöl olişgandi.