Prezidentning 27.07.2018 yildagi PF-5490-son farmoni köçmas mulkka bölgan huquqni davlat röyxatiga oliş tartibini özgartirişni nazarda tutadi.
Yangiliklarning mohiyati şundaki, 2018 yil 1 oktabrdan boşlab köçmas mulkka: yer uçastkalari, bino va inşootlar, köp yillik dov-daraxtlarga bölgan huquqni röyxatga oliş töğrisida guvohnoma bekor qilinadi. Röyxatga oliş tegişli yozuvni köçmas mulkka bölgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestriga elektron şaklda kiritiş bilan amalga oşiriladi, deb yozadi Norma.
Körsatilgan sanadan boşlab köçmas mulkka bölgan egalik huquqi va boşqa aşyoviy huquqlar töğrisidagi, şu jumladan, uşbu huquqlarning vujudga kelişi, ötişi, çeklanişi va bekor qilinişi, şuningdek, ular bilan tuzilgan bitimlar haqidagi axborot “Davergeodezkadastr” qömitasining hududiy organlariga:
• mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari;
• davlat notarial idoralari;
• Quriliş vazirligining hududiy tuzilmalari;
• boşqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladi.
Axborot tegişli xatti-harakatlar sodir etilgan kundan boşlab bir kun muddatda axborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda taqdim etiladi. Şu tariqa, yuridik va jismoniy şaxslar – köçmas mulk mulkdorlari yoki aşyoviy huquqlar egalarining hozirgidek röyxatga oluvçi organga mustaqil ravişda murojaat qilişlari talab etilmaydi.
Jismoniy va yuridik şaxslar murojaat qilganda, davlat va boşqa taşkilotlar sörov yuborganda “Davergeodezkadastr” qömitasining bölinmalari köçmas mulkka bölgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestridan elektron va (yoki) qoğoz şakldagi köçirmani taqdim etadi. Bu amaldagi hujjat (köçmas mulkka bölgan huquqni davlat röyxatiga oliş töğrisida guvohnoma) örniga tegişli huquqning davlat röyxatidan ötkazilganligining tasdiği bölib xizmat qiladi.
Köçmas mulkka bölgan huquqlarni va ular bilan tuzilgan bitimlarni davlat röyxatidan ötkaziş tartibi töğrisida nizomga ta'riflangan özgartirişlarni inobatga olgan holda 2 oy muddatda tuzatişlar kiritiladi.
Tahririyatdan: Farmon bilan nazarda tutilgan tartib yer uçastkalariga bölgan huquqni röyxatga oliş qismida Yer kodeksi va “Davlat yer kadastri töğrisida”gi Qonunga kiritilgan, 2018 yil 26 oktabrdan kuçga kiradigan tuzatişlar (24.07.2018 yildagi ÖRQ-487-son Qonunga binoan, şarhga qarang) bilan tafovut qiladi. Ular, aksinça, yer uçastkasiga bölgan huquqni davlat röyxatiga oliş töğrisida guvohnomani yerga bölgan yagona huquqni belgilovçi hujjat sifatida rasmiylaştirişni nazarda tutadi.
Rasman, modomiki 24.07.2018 yildagi ÖRQ-487-son Qonun 27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmonga nisbatan yuqori yuridik kuçga ega ekan, Farmonda nazarda tutilgan köçmas mulkka bölgan huquqni röyxatga oliş tartibi yer uçastkalariga tatbiq etilişi kerak emas. Biroq, haqiqiy huquqni qöllaş amaliyoti 27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmondan kelib çiqqan holda şakllanişi mumkin, çunki unda nazarda tutilgan yangiliklar ilgariroq kuçga kiradi. Bu holda qonun hujjatlariga yer uçastkalariga bölgan huquqni davlat röyxatiga oliş töğrisida guvohnoma berişni bekor qiliş bilan boğliq takroran tuzatişlar kiritiş talab etiladi.
Hujjat 30.07.2018 yildan kuçga kirdi.












