Samarqand viloyatida bölib ötayotgan oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlarida 29 kişi çetlaştirilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar qilmoqda. Unda aytilişiça, test sinovlari adolatli va şaffof bölişini ta'minlaş maqsadida Samarqand viloyat IIB jiddiy nazorat-tekşiruv işlarini olib bormoqda.

Samarqand viloyat Içki işlar boşqarmasi xodimlari sa'y-harakatlari bilan 2018 yil 1 va 2 avgust kunlari Samarqand şahri Rudakiy köçasida joylaşgan “Samarqand sport öyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslaştirilgan bolalar va ösmirlar sport maktabi” binosida ötkazilgan Oliy öquv yurtlariga kiriş uçun test sinovlari topşiriş davomida 19 nafar abituriyent içki tartibni buzgan.


10 nafar şaxs boşqa abituriyent örniga kirganligi aniqlangan. Huquqbuzarliklar aniqlangan va ular test sinovlaridan çetlaştirilgan.
Samarqand viloyati IIB abituriyentlarga murojaat qilib, Davlat test markazi tomonidan örnatilgan tartiblarga qat'iy rioya qilişni söragan holda, test sinovlarida omad va muvaffaqiyatlar tilab qoladi.












