Argentinalik mutaxassis Ektor Kuper Özbekiston milliy terma jamoasiga boş murabbiy bölişi mumkin.
Ayni paytda, ÖFA xalqaro aloqalar bölimi boşliği Diyor Isamiddinov uning huquqşunoslari bilan uçraşiş uçun Ispaniyaga uçib ketgan. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, Kuper 6 avgust kuni Toşkentga keladi va şartnomani imzolaydi, deb xabar beradi Championat.asia.
Ma'lumot uçun, 62 yoşli Ektor Kuperning sönggi jamoasi Misr termasi edi. U 2015 yilda misrliklar bilan şartnoma imzoladi. JÇ-2018dagi muvaffaqiyatsizlikdan söng esa iste'foga çiqarilgandi.
Bunga qadar, murabbiy Argentinaning «Urakan», «Lanus», Ispaniyaning «Malorka», «Valensiya», «Real Betis», «Rasing», Italiyaning «Inter», «Parma», Turkiyaning «Örduspor», Gretsiyaning «Aris», BAAning «Al-Vasl» klublarida va Gruziya (2008-2009) terma jamoasida ham faoliyat olib borgan.












