Ukraina Taşqi işlar vazirligi 31 iyul kuni Vengriya Ukrainadagi muvaqqat işlar böyiça vakili Laslo Papga mamlakatning «nodöstona qadamlari» tufayli protest bildirdi. Bu haqda Ukraina Taşqi işlar vazirligi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, Ukraina tomonining «qat'iy protesti» vengriyalik diplomatga Vengriya boş vaziri Viktor Orbanning Ukraina Yevrointegratsiya va Yevroatlantik intilişlari töğrisidagi sönggi bayonotlari munosabati bilan bildirildi. Ukraina bundan norozi bölib, «nodöstona qadamlar»ni töxtatişni talab qildi, ular «ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta'sir körsatadi».
Ta'kidlanişiça, vengriyalik diplomatga nota topşirilgan va Zakarpate oblasti rivojlanişi böyiça vazir lavozimi ta'sis etilişi hamda Karpat havzasida bolalar boğçalarini rivojlantiriş dasturi işlab çiqiliş munosabati bilan izoh beriş talab qilindi. Kiyevning fikriça, «Ukraina suveren hududining bir qismi» Vengriya manfaatlari zonasiga tuşdi.












