«Bavariya» yarimhimoyaçisi Arturo Vidal tez orada «Barselona»ga köçib ötadi.

Sport.es naşri bergan xabarga köra, bir hafta muqaddam muzokaralarni boşlagan Kataloniya klubi myunxenliklar bilan kelişuvning eng sönggi mayda detallarini hal qilib olişi qolgan.

Vidalning özi «Barselona» bilan şaxsiy şartnoma böyiça kelişib olgan. Goal.com xabariga köra, Ispaniya çempioni uşbu 31 yoşli futbolçi transferi uçun 20 million yevro tölaydi.

Arturoga «Inter» va «Milan» klublaridan ham jiddiy qiziqişlar bildirilayotgandi.

Endilikda u yaqin kunlar içida Kataloniyaga uçib, yangi jamoasi uçun tibbiy körikdan ötişi va şartnomaga imzo çekişi kutilmoqda.

2015 yilda «Bavariya»ga kelgunga qadar Vidal 4 yil mobaynida Turinning «Yuventus» jamoasi safida öynagan. Bundesliganing ötgan mavsumida 31 yoşli yarimhimoyaçi 22 öyinda (ulardan 17 tasida asosiy tarkibda) maydonga tuşib, 6+2 mahsuldorlik körsatkiçini qayd etgan.