Hozirda avtomobillarga egalik qilmay, ulardan umumiy foydalaniladigan kelajak haqida gapirilmoqda. Bunda avtomobillarning özi avtonomga aylanadi, avto işlab çiqaruvçilarning katta uluşi esa raqamli mobil xizmatlarga töğri keladi. Biroq siz Ford Motor Company bölib, yangi texnologiyalarga milliardlarni sarmoya qiliş istiqboliga yuzma-yuz kelgan bölsangiz, bir asr mobaynida muvaffaqiyatli sanalgan sobiq biznes-modelingiz özgarayotgan bir paytda bir neça savollarni berişni istaşingiz tabiiy. Xaridorlar bunga qanday munosabatda bölişadi? Ular aslida nimani istaydilar? Qaysi imkoniyatlar real va qaysilari tasavvur natijasi ekanini qanday aniqlaş mumkin?

Kelajak nimaga öxşaşini sinab köriş uçun, 2016 yilda Ford kompaniyasi Chariot mobil servisini xarid qilişga 50 million AQŞ dollari sarfladi. Startap Y Combinator biznes-inkubatori dasturida iştirok etdi va mobil servis iste'molçilarining har kuni yuzaga keladigan eng muhim va dolzarb ehtiyojlari – işga yetib oliş va uyga qaytib kelişga diqqatni qaratdi.

Bozorda öz örniga ega bölayotgan Chariot yordamida olingan saboqlar diqqatga sazovor. Ford tufayli özlaştirişingiz mumkin bölgan darslar quyidagilardan iborat. Xususan, ular mobil servislarga tegişli, oldinga harakatlanib, bir vaqtning özida sinovlar ötkazib va örganib, yangi biznes-modellarning noaniq jihatlarini yengişga oid ma'lumotlarni beradi.

Bu saboqlarning har biri yangi biznes modelni yaratişning turli jihatlariga tegişli. Uni tört elementdan iborat tizim hisobiga yangi bozorlardagi ösiş sifatida tasvirlaş mumkin: mijozlar uçun qimmatli taklif, daromad oliş formulalari, asosiy resurslar va taşkiliy jarayonlar.

Foto: EPA

1. Katta orzular qiling, biroq işni kiçiklaridan boşlang

Chariot eng ilğor texnologik hududlardan biri, aholisi işga boriş va uyga qaytişda murakkabliklarga duç keladigan San-Frantsisko böğozida «mikrotaşuvlar» bilan şuğullanişga qaror qildi. Buning uçun Wi-Fi, rozetkalar va yuk uçun javonga ega, 14 joyli mikroavtobuslarning kiçik parkini xarid qildi. Chariot ilovasi yordamida yölovçilar mavjud marşrutlar uçun röyxatdan ötiş yoki yangilarini taklif etiş (kraudsorsingning yangi modelidan foydalanib) mumkin edi.

Servis muvaffaqiyatli işlab ketgaç, Ford önlab yangi marşrutlarni kiritib va parklar sonini 200 dan ortiqqa yetkazib, uni rivojlantira boşladi. Ford keyingi bozor sifatida Ostinni tanladi, u yerda 50 dan ortiq transport vositalari harakatlana boşladi. Ana undan keyin servis Sietl va Kolumbusda işga tuşdi. Keyin esa mikroavtobuslar London va Nyu-Yorkning bir neça strategik muhim marşrutlari böylab harakatlana boşladi.