Qaror loyihasida prezidentning 2016 yil 21 oktabrdagi PQ–2639-son va 2017 yil 2 martdagi PQ–2812-son qarorlari bilan tasdiqlangan 2017–2021 yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi doirasida 2019 yildan boşlab kam ta'minlangan oilalarga uy-joylar ajratiş taklif etilgan, deb yozmoqda Norma.  
 
Buning uçun namunaviy loyihalar böyiça qurilayotgan ikki, uç qavatli köp kvartirali uylar hamda maydoni 0,02 gektar bölgan yer uçastkalarida joylaştiriladigan bir qavatli uylar sirasiga kiradigan arzon uy-joylarni ajratiş rejalaştirilmoqda.
 
Kam ta'minlangan oilalar uçun arzon uy-joylar qurilişini moliyalaştiriş manbalari etib quyidagilarni belgilaş nazarda tutilmoqda:
 
• Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar hokimliklarining respublika byudjyeti mablağlari, şuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar – boşlanğiç badallarni tölaş uçun;
• imtiyozli uzoq muddatli ipoteka krediti ajratiş şarti bilan tijorat banklarining mablağlari.
 
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari quyidagilarni amalga oşirişlari zarur:
 
• ayrim oilalarning aholini ijtimoiy himoyalaş çora-tadbirlariga boqimandalik munosabatida bölişi dalillarini bartaraf etişga alohida e'tibor bergan holda kam ta'minlangan oilalar röyxatining ijtimoiy adolat tamoyillariga tayanib şakllantirilişini ta'minlaş;
• 2019 yildan boşlab har yili Dastur doirasida kam ta'minlangan oilalarga arzon uy-joylar ajratilişini nazarda tutiş;
• 2019 yildan boşlab har yili Davlat byudjyeti parametrlarini şakllantirişda mahalliy byudjyetlarda kam ta'minlangan oilalar uçun arzon uy-joylar quriş va boşlanğiç badallarni tölaş uçun mablağlarni nazarda tutiş.
 
Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari va «Mahalla» xayriya jamoat fondi bilan birgalikda ikki oy muddatda kam ta'minlangan oilalarni tanlab oliş, ularga arzon uy-joylar taqdim etiş va arzon uy-joylar qurilişini moliyalaştiriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaşi şart.