
Iyul-avgust oylarida barça joylarda maktab bozorlari taşkil etilib, ularda daftar va kitob savdosi çaqqonlaşadi. Mömay daromad ilinjida yurgan ayrim şovvoz tadbirkorlarning şu paytga kelib «kuni tuğadi». «Davring keldi sur begim» degan matalni dastak qilib «otini qamçilaydi». Qaysi bir yertölalarda bekinib olib kontrafakt mahsulotlar tayyorlaşga kirişadi, turli aylanma yöllar bilan bojxonaçilar közini şamğalat qilib, ta'lim standartlariga mos kelmaydigan matbaa mahsulotlari bilan bozorlarni töldiradi, deb xabar bermoqda Özbekiston Matbuot va axborot agentligi.
Natijada çizsang yirtilib, böyasang ranglari çaplaşib ketadigan rasm daftarlari, katak va yozuvlarini köz bazör ilğaydigan, muqovasida milliy ma'naviyatimizga mutlaqo zid turli suratlar aks etgan daftarlar öquvçilar sumkasidan joy oladi.
Xorijiy multfilmlar va ertak qahramonlari aks etgan, behayolik, «ommaviy madaniyat» tarğib etilgan rasm daftarlari (raskraskalar) esa farzandlarimizni «tarbiyalay» boşlaydi.
Birinçidan, bu soxta tadbirkorlar «Mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisida»gi, «Iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi, «Davlat ramzlari töğrisida»gi qonunlar, davlat standartlari va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarni oyoqosti qilayotgan bölsa, ikkinçidan, qoida böyiça halol işlayotgan, soliq va majburiy tölovlarni vijdonan tölayotgan tadbirkorlarning manfaatiga, eng muhimi, jondan aziz bölgan farzandlarimizning soğliğiga ziyon yetkazyapti.
















