Xitoyning Şenjyen şahridagi markaziy stadionda bölib ötgan Fransiya Superkubogi bahsida favorit «PSJ» «Monako»ni yirik hisobda mağlub etdi.

Uçraşuvning 33-daqiqasida Anxel Di Mariya jarimadan yöllagan super zarbasi bilan hisobni oçdi. Oradan köp ötmay, Kristofer Nkunku çap qanotdan uzatilgan töpni darvozabonga burib yuborib, parijliklarning tanaffusga ikkita töp farqi bilan yöl olişini ta'minladi.

 

Ikkinçi bölim ham asosan «PSJ» nazorati ostida ötdi. 67-daqiqada yana çap qanotdan uyuştirilgan hujum Jorj Veaning goli bilan yakun topdi. Öyinga qöşib berilgan ikkinçi daqiqada Di Mariya ofsayd bordek köringan vaziyatda ikkinçi golini urib, yakuniy hisobni örnatdi – 4:0.

Şu tariqa, «PSJ» yangi boş murabbiyi Tomas Tuxelning qöl ostidagi ilk rasmiy öyinida öz tarixida sakkizinçi marta, 2013-yildan buyon esa ketma-ket oltinçi marta Fransiya superkubogini qölga kiritdi.

Fransiya Superkubogi - 2018
PSJ – Monako 4:0 (2:0, 2:0)
«Shenzhen City Stadium». 41237 tomoşabin
Gollar: 1:0 – 33 Di Mariya, 2:0 – 40 Nkunku, 3:0 – 67 Vea, 4:0 – 90 Di Mariya.
PSJ – Buffon, Dagba, Riman, Tiago Silva (Berned, 74), Nsoki, Verratti (Neymar, 76), Rabo, Nkunku, Diarra (Markinos, 64), Di Mariya, Vea.
Monako – Benalo, Radji, Serrano, Glik, Jyemerson, Tilemans, Pele (Diop, 46), Axolu, Roni Lopeş (Jordi Mboula, 65), Gransir (Keyta Balde, 46), Yovetiç.
Ogohlantiriş: Axolu (5).