Samarqandda oliy öquv yurtlariga kiriş uçun test sinovlarining barçasi Rödakiy va Dahbet köçalari kesişmasida, bir-biriga yaqin joylaşgan 5 ta binoda bölib ötmoqda.

Camarqand pedagogika va servis kasb-hunar kolleji, Gimnastika va sport turlari böyiça Samarqand bolalar va ösmirlar maxsus sport maktabi, Samarqand davlat çet tillar instituti qoşidagi akademik litsey sport majmuasida abituriyentlar uçun barça şaroit hozirlangan. Jumladan, xonalardagi haroratning salqin bölişi kuçli konditsionerlar bilan bir maromda uşlab turilibdi.

Rödakiy köçasida test sinovlari ötadigan vaqtda avtomobillar qatnovi çeklangan, faqat tramvay qatnab turibdi.

Test imtihonlariga kirişda abituriyentlar huquq-tartibot organlarilarining sinçkov nazoratidan ötişadi. Metallodetektorlar vositasida imtihon ötadigan hududga aloqa vositalari olib kirilişining oldi olinmoqda.

Yuzni taniş texnologiyasidan foydalanib, abituriyentlarning örniga boşqa şaxslar kirmasligi nazorat ostiga olingan.

Abituriyentlar tomonidan test sinovlari vaqtida örnatilgan qoidalarni buzmasligi guruh nazoratçilari tomonidan sinçkovlik bilan kuzatib borilmoqda.

Ota-onalar uçun SamMI klinikasi hududidagi boğdan dam oliş joyi hozirlangan. Ularga salqin içimliklar, yegulik bilan birga 2 ta LED ekran orqali test sinovlari qanday ötayotganini jonli efirda kuzatiş imkoniyati yaratib berilgan.

Ota-onalar farzandim öqişga kirsin deb duo qilib ötirişibdi.

- Qizim SamDUning boşlanğiç ta'lim yönalişi böyiça test imtihonlarini topşirmoqda. Bu yil tekşiriş qattiq bölyapti. Bilimi bor, yaxşi tayyorlangan abituriyent, albatta, öqişga kiradi. Jumladan, mening qizim ham uçinçi yil tayyorgarlik körib, öqişga topşirdi. Bu yil, albatta, öqişga kirişiga işonib ötiribman, - dedi Nuroboddan kelgan onaxon.