Test sinovlarining beşinçi kuni respublikadagi 18ta oliy ta'lim muassasalarida test jarayonlari bir vaqtda 1-smenada 8.00dan boşlanib, 11.30ga qadar va 2-smenada 15:00dan boşlanib, 18:30ga qadar töliq yakunlandi.

Içki işlar tizimidan 4 963 şaxsiy tarkib xodimi, 1206ta aloqa vositalari, 694ta metallodetektorlar, 289ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz ötişiga jalb qilindi.

Test sinovlarini ötkazişga ta'lim muassasalaridan test sinovlari ötkaziş tartib-qoidalari va texnologiyasi böyiça maxsus tayyorgarlikdan ötgan 2 ming 404 nafar guruh nazoratçilari jalb etildi.

Test sinovlarida 18ta oliy ta'lim muassasalarining 98ta ta'lim yönalişida 57 ming 728 nafar abituriyent iştirok etdi, turli sabablarga köra 1443 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 292 nafar abituriyent, şundan 161 nafari hududga kiriş joyida uyali telefon, şpargalkalar olib kirişga va özgani örniga kirişga uringanligi uçun, 131 nafari bino içida şpargalkadan foydalanişga va boşqa abituriyentlarga yordam berişga uringanligi uçun test sinovlaridan çetlaştirildi.

5 avgust test natijalari 6 avgust kuni kunning ikkinçi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e'lon qilinadi.