Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasida amalga oşirilayotgan soliq va bojxona islohotlariga huquqiy hamrohlik qiliş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan Boş prokuraturaning Bojxona va soliq sohalaridagi qonunçilik ijrosini nazorat qiliş böyiça boşqarmasi Boş prokuraturaning Soliq va bojxona islohotlarini amalga oşiriş sohasidagi qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi etib qayta taşkil etiladi.
Uning faoliyati asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
aholi uçun soliq majburiyatlarini köngilli bajarişda huquqiy savodxonlikni oşiriş orqali ijobiy şaroitlar yaratiş;
soliq organlari malakasi darajasining oşirilişi ustidan nazorat örnatiş;
soliq organlari tomonidan soliq nazoratining yangi usullarini qöllaşda soliq tölovçilar huquq va manfaatlarini ta'minlaş;
soliq va bojxona ma'muriyatçiligini amalga oşiriş jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etişda iştirok etiş;
davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan soliq va bojxona islohotlari öz vaqtida hamda sifatli amalga oşirilişi ustidan nazorat qiliş;
soliq va bojxona organlarining qonunçilik talablariga qat'iy rioya etişini ta'minlaş;
soliq soliş tizimini takomillaştirişda iştirok etiş;
soliq tölovçilar va soliq solinadigan obektlar töliq qamrab olinişi, şuningdek, yiğiladigan soliq va bojxona tölovlari ustidan nazoratni amalga oşiriş;
soliq, bojxona, moliya organlari, joylardagi ijro etuvçi hokimiyat organlari va fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari hamda boşqa taşkilotlar bilan soliq solinuvçi bazani kengaytiriş böyiça qalin hamkorlikni taşkil etiş;
soliq tölovçilar axborot bazasini tölaqonli yuritişni ta'minlaş maqsadida soliq tölovçilarni pasportlaştirişni amalga oşiriş böyiça işlarni muvofiqlaştiriş;
soliq organlariga soliq solinuvçi bazani yaşiriş yuqori xatariga ega va soliqlar tölaşdan böyin tovlaydigan şaxslarni aniqlaşda kömak körsatiş.

















