Respublika oliy ta'lim muassasalariga kiriş test sinovlarining beşinçi kuni – 5 avgust natijalari ma'lum böldi.

Test sinovlari şaxsni identifikatsiyalaş vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 18 ta oliy ta'lim muassasalarining 97 ta ta'lim yönalişi böyiça ötkazildi.

Test sinovlarida 57 676 nafar abituriyent iştirok etdi, sinovlarga 1 738 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 115 nafar abituriyent test sinovlaridan çetlaştirildi.

Test sinovlariga guruh nazoratçilari sifatida 2 404 nafar öqituvçilar jalb etildi.

Davlat granti böyiça eng yuqori ötiş bali: 184,8 ball, Toşkent davlat şarqşunoslik institutining «Jahon siyosati (mintaqalar böyiça)» ta'lim yönalişi;

Tölov-kontrakt böyiça eng yuqori ötiş bali: 164,1 ball, Toşkent davlat şarqşunoslik institutining «Tarix (mamlakatlar va mintaqalar böyiça)» ta'lim yönalişi.

Örtaça ötiş bali:
davlat granti – 111,9 ball;
tölov-kontrakt – 90,0 ball.

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining dtm.uz saytida 2018 yil 6 avgust kuni soat 18.15da e'lon qilinadi.