Rossiyalik milliarder Alişer Usmonov «Arsenal»dagi 30,05 foizlik uluşini (18 ming 695ta aksiya) jamoaning asosiy aksioneri, amerikalik sport magnati Sten Kronkega sotgan. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Usmonovning klubdagi uluşi uçun Kronke 550 million funt (713 million dollar) tölagan. Şu tariqa, aksionerlar örtasidagi uzoq yillik ziddiyat barham topgan, rossiyalik milliarder köp yillardan buyon klubning asosiy aksioneriga aylaniş uçun harakat qilib kelar va Kronkeni tinimsiz tanqid qilardi.

Bundan oldinroq, may oyida Usmonov Kronkega uning 67,09 foizlik uluşi uçun 1,3 mlrd dollar (klubning umumiy qiymati 2 mlrd dollar) taklif etgan va rad javobini olgandi.

Ötgan yil oktabrida Usmonovning özi öz paketini Kronkega 525 mln funtga sotişga rozi bölmagandi.

Financial Times naşri manbasi iyun oyida Usmonov «Arsenal»ning xöjayini bölişdan umid uzgani va aksiyalari uçun xaridor izlayotgani haqida xabar tarqatdi.

Usmonov klub aksiyalarini 2007 yilda sotib olgandi. Xarid Usmonov va uning hamkori, eronlik milliarder Farhod Moşiri rahbarligidagi Red and White Holdings Ltd tomonidan amalga oşirilgandi. Keyinroq rossiyalik milliarder kompaniyani butunlay sotib oldi. Avvaliga u «Arsenal»ning 14,5 foiz aksiyasini 75 mln funtga (150 mln yevrodan ortiq) qölga kiritgandi, keyinroq Usmonov klubdagi öz uluşini 30,05 foizga oşirdi va klubning ikkinçi yirik aksioneriga aylandi.

Şu bilan birgalikda, uşbu milliarder bir neça marta klubning asosiy egasiga aylanişga uringan, u amerikalik biznesmen Sten Kronkega bir neça marta aksiyalarini sotişni taklif qilgan va hamişa rad javobi olgan. Kronke AQŞda basketbol jamoasi (Denver Nuggets), futbol klubi (Colorado Rapids), xokkey jamoasi (Colorado Avalanche) va şuningdek amerikaça futboldagi professional klubga (Los Angeles Rams) egalik qiladi.

OAV doimiy ravişda bu ikki milliarderning klub boşqaruvi uçun raqobati haqida yozardi. Forbes naşriga 2012 yilda bergan intervyusida Usmonov klub muxlisi ekani va aksiyalarini sotmasligini ma'lum qilgandi. U ötgan oyda esa klub aksiyalarini jamoani kuçaytirişi mumkin bölgan istalgan funktsionerga sotişga tayyorligini, faqat Kronkega sotmasligini aytgandi.

Usmonov «kanonirlar» tarkibi kuçaytirilişi uçun yetarli mablağ ajratilmasligini tanqid qilar va öz mablağlari hisobidan transferlar amalga oşirişga tayyorligini aytardi. U klubga 20 yildan ortiq vaqt davomida boş murabbiy bölgan Arsen Vengerni qöllab-quvvatlardi. Ötgan mavsum oxirida Venger klubdan ketişi va uning örniga Unai Emeri tayinlanişi ma'lum bölgaç, Usmonovning klubga qöl siltaşi ayon bölib qoldi.