
Novate jurnali öz maqolasida avval boşqarilgan hamda eng tez zanglaydigan oltita avtomobil haqida ma'lumot berdi.
Jurnal versiyasiga köra, eng tez zanglaydigan avtomobilga «Volga» aylandi. Hozirgi vaqtda bunday avtomobillar kamdan-kam uçraydi, lekin 2000-yillarning boşlarida talab katta edi. «Volga» korpusi yomon sifatli metalldan qilingan, şuning uçun avtomobil bir neça yillardan keyin zanglab ketadi.

Ikkinçi örinda - 2007-2014 yillarda işlab çiqarilgan Ford Mondeo. Novate’ning yozişiça, bu avtomobilda kuzov juda tez yomon holatga kelib qoladi, ayniqsa, uzoq vaqt sovuq ob-havo kuzatiluvçi va yöllarga tuz sepiladigan mintaqalarda.

Uçinçi örinni 1998-2004 yillarda çiqarilgan Opel Astra egalladi. Jurnalning yozişiça, maşina juda zaif zavod kuzoviga ega. Avtomobil egasi avtomobilga töğri qaramasa, unda u bir neça yil davomida zanglab ketadi.

Jurnal UAZ Patriot’ni törtinçi öringa loyiq topdi. Avtomobil korroziyaga qarşi yaxşi qoplama bilan maqtana olmaydi, şu sababdan uning kuzovi juda qisqa vaqt içida zang bilan qoplanadi.

Beşinçi örinni, Novate talqiniga köra, 1995-2006 yillarda işlab çiqarilgan Nissan Almera egalladi. Yuqori işonçliligiga qaramasdan, avtomobil eşiklar, kapot qopqoqlari va bagajnikda tez zang paydo bölişi bilan ajralib turadi. Ba'zi hollarda, bagajnikning ustki qismi 2-3 yilda butunlay çirib ketgan.













