Olimlarning aniqlaşiça, 2050 yilga borib Yerdagi örtaça harorat yana 4-5 darajaga kötarilişi mumkin, bu hattoki global isiş doirasi uçun 1,5-2 darajani belgilaydigan iqlim böyiça Parij bitimiga amal qilinsa ham yuz beradi. Bu haqda RIA «Novosti» PNAS jurnalida e'lon qilingan xalqaro olimlar guruhining maqolasiga asoslanib xabar qilmoqda.
Tadqiqotning yetakçi muallifi, Avstraliya milliy universiteti xodimi Uill Steffenning sözlariga köra, harorat böyiça maqsadli körsatkiçga erişilsa ham, Yerning «issiqxona»ga aylaniş ehtimoli baribir saqlanib qoladi.
Ta'kidlanişiça, Yerdagi harorat ön yilda 0,17 darajaga kötarilib bormoqda.
Olimning fikriça, Yerdagi harorat nafaqat parnik gazlar çiqarib taşlanişi bilan belgilanmaydi.
Tadqiqotçilarning taxminiça, 2 darajalik antropogen isiş issiqlikni tezlaştiradigan, «teskari aloqa» deb ataluvçi boşqa jarayonlarni keltirib çiqarişi mumkin.
Umuman olganda, önta bunday jarayon aniqlandi. Ularning orasida abadiy muzliklarning erişi, okean tubidagi metangidratning parçalanişi, tropik örmonlar va Şimoliy yarim şardagi örmonlarning yöqolib ketişi hamda bu hududda qor qoplamining pasayişi bor.
Olimlarning fikriça, bu jarayonlar muayyan sayyora «stress darajasini» yengib ötişda orqaga qaytarilmas holga keladi.












