Rossiya TIV Gretsiyaning Rossiyadagi elçisi Andreas Friganasga «Afinaning rossiyalik diplomatik xodimlari va fuqarolariga nisbatan iyul oyidagi nodöstona harakatlariga» javoban qabul qilingan çoralar töğrisidagi notani topşirdi.
11 iyulda Gretsiya ikki nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan çiqarib yuborişi va Rossiya TIVning yana ikki nafar xodimini mamlakatga kiritmasligini e'lon qilgandi. Gretsiya hukumati ularni mamlakat içki işlariga aralaşişda, milliy xavfsizlikka tahdid va mahalliy amaldorlarni sotib olişga urinişda ayblagandi.
Rossiyalik diplomatlar çiqarib yuborilganidan söng Rossiya TIV «közguli javob» qaytarişini ma'lum qildi, ammo 13 iyul kuni «Gretsiya hukumatining Rossiyaga qarşi harakatiga keskin norozilik» bildiriş bilan çeklandi.
26 mart kuni AQŞ, Kanada va Yevropadagi 20dan ortiq davlat Britaniyaning Solsberi şaharçasida Sergey va Yuliya Skripallar zaharlanişi munosabati bilan rossiyalik diplomatlarning çiqarib yuborilişini e'lon qilgandi.












