Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Air Products kompaniyasi 4 mamlakatga investitsiya kiritishga qaror qildi. Ulardan biri - O‘zbekiston
Shu yilning 8 avgust kuni AQShning Air Products kompaniyasi ijrochi direktori, prezidenti va direktorlar kengashi raisi Seyfi Gasemi bilan “O‘zbekneftgaz” AJ bosh ofisida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz’ga “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov bilan uchrashuv davomida Seyfi Gasemi so‘z olib, kompaniya rahbariyati istiqbolli va xorijiy investorlar uchun xavfsiz davlatlar deb tan olingan Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya va O‘zbekistonga investitsiya kirish borasida qaror qabul qilgani haqida ma'lum qildi.
Bunday qarorga kelishdan oldin, Air Products kompaniyasi Macro-Advisory konsalting kompaniyasini jalb qilgan holda dunyoning istiqbolli davlatlarini aniqlash maqsadida mustaqil audit o‘tkazgan va uning natijasiga ko‘ra, yurtimizning barcha soha va jabhalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kafolatlash, investorlar va ishbilarmonlar huquqini himoya qilish, moliya va sud sohalaridagi o‘zgarishlar, va eng muhimi, korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlarini joriy etish borasida qo‘yilayotgan qadamlar O‘zbekiston Respublikasi nafaqat mintaqadagi, balki butun dunyodagi investitsiya kiritish bo‘yicha eng istiqbolli davlatlardan biri, deya topilgan.
Gasemining ta'kidlashicha, Air Products kompaniyasi O‘zbekistonga uzoq muddatli to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni kiritishdan manfaatdor va mamlakatimiz bozorida to‘la qonli ishtirokchiga aylanish istagida.
Kompaniya mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalari, jumladan neft-gaz, kimyo, farmatsevtika, metallurgiya va boshqalar, ehtiyoji uchun sanoat gazini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarga investitsiya kiritishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Bundan tashqari, tabiiy gazdan polimerlar ishlab chiqarish (MTO) bo‘yicha loyihaga ham yuqori qizish bildirilmoqda.
Seyfi Gasemi, shuningdek, dunyoning yetakchi neft va gaz kompaniyalari (Total, British Petroleum, SOCAR, UOP Honeywell va boshqalar) top-menejyerlari uchrashuvini O‘zbekistonda o‘tkazish taklifini ilgari surdi.
Uchrashuv natijasida tomonlar qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar. Ushbu guruh tarkibini Air Products kompaniyasi yetakchi mutaxassislari va UYeM korxonalari vakillari tashkil etadi. Ikki oy muddatda neft-gaz, kimyo va metallurgiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida aniq takliflar ishlab chiqish rejalashtirildi.
Mavzuga oid
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025