Şavkat Mirziyoyev 11-avgust kuni neft-gaz bozorida barqarorlikni ta’minlaş, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga uglevodorod resurslarini uzluksiz yetkazib beriş çora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Taqdimotda neft va gaz qazib çiqariş, import qiliş, qayta işlaş, zaxiralaş hamda iste’molçilarga yetkazib beriş holati körib çiqildi. Tarmoqlar va hududlar ehtiyojini aniq hisob-kitob qiliş, içki talabni ustuvor ta’minlaş va yetkazib beriş grafiklariga qat’iy rioya etiş zarurligi ta’kidlandi.
“Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida tabiiy gaz qazib çiqariş sur’atlarini barqaror saqlaş, mavjud konlar imkoniyatidan samarali foydalaniş va yangi quduqlarni öz vaqtida işga tuşiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi.
Qayd etilişiça, avgust oyida 27 ta quduqni işga tuşiriş rejalaştirilgan. “Yangi Kultak”, “Niyoz”, “Qoratau”, “Marvarid” va “Tegirmon” konlaridagi işlar hisobiga qöşimça 887 ming kub metr tabiiy gaz qazib çiqariş imkoniyati yaratiladi.

Quduqlarni burğilaşdan tortib, ularni gaz uzatiş tarmoğiga ulaşgaça bölgan jarayonlarni kunlik nazoratga oliş, elektr ta’minoti va işlab çiqariş infratuzilmasining uzluksiz işlaşini ta’minlaş muhimligi ta’kidlandi.
Neft va gazni qayta işlaş korxonalarini xomaşyo bilan bir maromda ta’minlaş, mavjud quvvatlardan samarali foydalaniş hamda içki bozorda talab yuqori bölgan mahsulotlar işlab çiqarişni köpaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uglevodorod resurslarini hududlarga öz vaqtida va yetarli hajmda yetkazib beriş, zarur zaxiralarni oldindan şakllantiriş hamda işlab çiqaruvçi, taşuvçi va sotuvçi korxonalar faoliyatini özaro muvofiqlaştiriş zarurligi körsatib ötildi.

Narxlar barqarorligini saqlaş uçun bozorda yetarli taklifni ta’minlaş, mahsulotlarni birja savdolariga talabdan kelib çiqib çiqariş, işlab çiqariş va logistika xarajatlarini qisqartiriş muhimligi ta’kidlandi. Resurslarni asossiz uşlab turiş, sun’iy taqçillik yuzaga keltiriş va narxlarni oşirişga qaratilgan holatlarning oldini oliş böyiça ta’sirçan nazorat örnatiş topşirildi.














